Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 600 kg narkotik modda to‘xtatib qolindi

Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 600 kg narkotik modda to‘xtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmatining tezkor bo‘linmalari va Chegara qo‘shinlari hamda Bojxona qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, qo‘shni davlatdan olib kelingan katta miqdordagi narkotik moddalar to‘xtatib qolindi. Bu haqida «Xavfsizlik» Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, Afg‘oniston Respublikasidan Surxondaryo viloyatidagi «Termiz-avto» chegara bojxona postiga kirib kelgan Afg‘oniston fuqarosi boshqaruvidagi «Mersedes» rusumli yuk avtomashinasi o‘rnatilgan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Natijada avtomashina tirkamasida olib kelinayotgan «Doosan» rusumli ekskavator inspeksion ko‘rik majmuasi orqali skaner qilinganida, uning ko‘targich qismi ichida konstruksiyada ko‘rsatilmagan shubhali predmetlar borligi ma’lum bo‘lgan.

Shundan so‘ng, ekskavator tuynuklari endoskop maxsus texnik vositasi orqali ko‘zdan kechirilganda, uning ko‘targich qismiga 593 kg «gashish» va 3 kg «opiy» giyohvandlik vositalari yashirilganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu narkotik moddalar egalarini qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:55. O'qildi: 317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!