Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan O‘zbekiston eng ko‘p suv sarflovchi davlatlar 10 taligidan joy oldi

Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan O‘zbekiston eng ko‘p suv sarflovchi davlatlar 10 taligidan joy oldi

Worldometer portali tomonidan e’lon qilingan mamlakatlarning suvdan foydalanish indeksiga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari dunyoda suvdan foydalanish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlardan birini namoyon etmoqda va bunda asosiy yuk qishloq xo‘jaligi hamda irrigasiya tizimlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Suvdan foydalanishning umumiy hajmi bo‘yicha O‘zbekiston mintaqada yetakchilik qilib kelayotgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Qirg‘izistonda qayd etilgan.

O‘zbekiston sutkada o‘rtacha bir kishiga to‘g‘ri keladigan suv miqdori taxminan 4778 litrga teng. Taqqoslash uchun, Qozog‘iston taxminan 3397 litr, Qirg‘iziston taxminan 4153 litr, Tojikiston 4460 litr sarflaydi,

Turkmaniston esa sutkasiga bir kishiga 15445 litrgacha suv sarflash bilan ro‘yxatda birinchi o‘rinda turadi. Worldometer ma’lumotlariga ko‘ra, Turkmaniston aholisi kunlik suv iste’moli bo‘yicha nafaqat Markaziy Osiyoda, balki dunyoda ham yetakchilik qiladi.

Aholi jon boshiga suv iste’moli eng yuqori bo‘lgan o‘nta mamlakat:

◾️ Turkmaniston (sutkasiga bir kishiga 15445 litr);

◾️ Chili (sutkasiga 5 880 litr);

◾️ Gayana (sutkasiga 5 284 litr);

◾️ O‘zbekiston (sutkasiga 4 778 litr);

◾️ Tojikiston (sutkasiga 4 460 litr);

◾️ Qirg‘iziston (sutkasiga 4 153 litr);

◾️ AQSh (sutkasiga 3 732 litr);

◾️ Eron (sutkasiga 3 638 litr);

◾️ Estoniya (sutkasiga 3 585 litr);

◾️ Ozarboyjon (sutkasiga 3512 litr).

Suvdan foydalanishning eng past darajasi Afrika mamlakatlarida qayd etilgan. Eng quyi ko‘rsatkich Kongo Demokratik Respublikasida kuzatilgan — aholi jon boshiga kuniga atigi 32 litr suv.

Kiritildi: 23:43 16.05.2026. O'qildi: 282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!