Bugun 16 may, 2026 yil, shanba

КИР

“Uyma-uy ovqat qidiryapmiz”: bosib olingan Oleshkida gumanitar inqiroz kuchaymoqda

“Uyma-uy ovqat qidiryapmiz”: bosib olingan Oleshkida gumanitar inqiroz kuchaymoqda

Xerson viloyatining Rossiya nazoratidagi Oleshki shahri aholisi oziq-ovqat, dori-darmon va kommunal xizmatlar tanqisligi sabab og‘ir sharoitda yashamoqda.

BBC’ga gapirgan mahalliy aholi vakillariga ko‘ra, shaharda bir necha yildan buyon elektr, gaz va suv yo‘q. Odamlar ochiq olovda ovqat tayyorlashga majbur bo‘lmoqda.

“Uyma-uy yurib ovqat qidiryapmiz. Bu yerda qamalib qolganmiz”, — deydi shahar aholisi vakillaridan biri.

Ma’lum qilinishicha, front hududiga aylangan Oleshkiga oylar davomida oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berilmagan. Qish oylarida aholi sovuq va ochlik bilan yuzma-yuz qolgan.

Urush boshlanishidan oldin 24 ming aholi yashagan shaharda hozir taxminan 2 ming kishi qolgan.

Mahalliylar shahardan chiqish yoki yordam olib kirishga urinishni “o‘lim yo‘li” deb atashmoqda. Chunki atrof hududlar mina va harbiy xavf bilan to‘lgan.

Kiritildi: Bugun 21:21. O'qildi: 491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!