Bugun 16 may, 2026 yil, shanba

КИР

HAMASning eng oliy yetakchisi Isroil hujumi oqibatida o‘ldirildi — CNN

HAMASning eng oliy yetakchisi Isroil hujumi oqibatida o‘ldirildi — CNN

Xabarlarga ko‘ra, Isroil Harbiy-havo kuchlarining 15 may kuni G‘azo shahriga bergan aviazarbalari oqibatida HAMASning “Al-Qassam” harbiy qanoti yetakchisi Izz ad-Din al-Haddad yo‘q qilindi. U bilan birga yana yetti kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq odam jarohatlandi.

Keyinchalik Isroil armiyasi (SAXAL) Izz ad-Din al-Haddad hujumda o‘ldirilganini tasdiqladi.

Reuters agentligining xabar berishicha, shanba kuni G‘azo shimolidagi masjidlarda ham al-Haddadning o‘limi haqida e’lon qilingan, ammo hozircha HAMAS tomonidan bunga rasmiy izoh berilmagan.

Isroil al-Haddadni 2023 yil 7 oktyabrda HAMAS boshchiligidagi hujumda hamda odamlarni garovga olishda mas’ul deb biladi. Isroil shuningdek, al-Haddadni AQSh prezidenti Donald Tramp boshchiligidagi HAMASni qurolsizlantirish va G‘azo sektorini demilitarizasiya qilish bo‘yicha kelishuvni amalga oshirishdan bosh tortishda ayblagan.

Izz ad-Din al-Haddad HAMASdagi eng muhim shaxslardan biri hisoblanadi, u “Al-Qassam arvohi” nomi bilan tanilgan. Al-Haddad HAMASning harbiy qanoti bo‘lgan “Al-Qassam” brigadasi rahbari. Isroil HAMASning boshqa rahbarlarini, jumladan, Yahyo Sinvarni , uning ukasi Muhammad Sinvarni va Muhammad Deyfni o‘ldirganidan so‘ng, Al-Haddad guruhning eng yuqori qaror qabul qiluvchilaridan biriga aylangan.

Kiritildi: Bugun 19:18. O'qildi: 233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!