Bugun 16 may, 2026 yil, shanba

КИР

Tramp Tayvanni mustaqillikka intilmaslikka chaqirdi

Tramp Tayvanni mustaqillikka intilmaslikka chaqirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyga tashrifi chog‘ida Tayvan masalasini Xitoy raisi Si Szinpin bilan muhokama qilganini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarda Tayvan atrofidagi vaziyat va qurol savdosi mavzusi ham ko‘tarilgan. Biroq Tramp AQShning Tayvanga yangi qurol yetkazib berish rejalari haqidagi savollarga aniq javob berishdan qochdi.

«Hozir bizga kerak bo‘lgan eng oxirgi narsa — 9500 mil uzoqlikdagi urush», — dedi Tramp Air Force One bortida jurnalistlarga.

Shuningdek, u Tayvan rahbariyatini mustaqillik yo‘lidan bormaslikka chaqirgani haqida ham xabarlar tarqaldi.

Tayvan tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Chen Min-chi esa Vashington orol xavfsizligi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishi kerakligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, 1979 yildan beri AQShda “Tayvan bilan munosabatlar to‘g‘risida”gi qonun amal qiladi va u Vashingtonning orol mudofaasiga yordam ko‘rsatish majburiyatini belgilab beradi.

Kiritildi: Bugun 21:02. O'qildi: 305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!