Bugun 16 may, 2026 yil, shanba

КИР

Tramp dunyodagi "eng faol terrorchi" o‘ldirilganini e’lon qildi

Tramp dunyodagi "eng faol terrorchi" o‘ldirilganini e’lon qildi

ISHID yetakchilaridan biri Abu Bilol al-Maynukiy AQSh Qurolli kuchlari va Nigeriya harbiylarining qo‘shma operasiyasi natijasida yo‘q qilindi, deya ma’lum qildi AQSh prezidenti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Abu Bilol al-Maynukiy — "dunyodagi eng faol terrorchi", shuningdek, ISHIDning dunyodagi ahamiyati bo‘yicha ikkinchi raqamli qo‘mondoni bo‘lgan.

Donald Trampning bayonotida ISHID yetakchilaridan biri aynan qayerda va qachon o‘ldirilganiga aniqlik kiritilmagan. Uning ta’kidlashicha, Abu Bilol al-Maynukiyning o‘limidan so‘ng ISHID sezilarli darajada kuchsizlangan.

Kiritildi: Bugun 18:18. O'qildi: 234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!