Afg‘oniston hukumati 31 avgust kuni sodir bo‘lgan kuchli zilziladan so‘ng qidiruv-qutqaruv operasiyasini yakunladi.
Bu haqda Kunar viloyati gubernatori Qudratulloh Abu Hamza Al Jazeera telekanaliga ma’lum qildi.
"Zilziladan keyin omon qolganlarni qidirish ishlari yakunlandi. Halok bo‘lganlar soni 2204 kishiga yetdi, deyarli 4000 kishi jarohat oldi", — dedi u.
Zilzila episentri joylashgan hudud rahbari hukumat jabrlanganlar va ko‘chirilganlarni joylashtirish uchun chodirlar jiddiy tanqisligiga duch kelayotganini ta’kidladi.