Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Afg‘onistondagi toshqin qurbonlari soni 400 nafarga yetdi

Afg‘onistondagi toshqin qurbonlari soni 400 nafarga yetdi


Avvalroq G‘or viloyatida davom etayotgan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘lgani, o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolganligi haqida xabar berilgan edi.

TOLO News Faryob viloyati ma’muriyatiga tayanib xabar berishicha, viloyatda kamida 18 kishi tabiiy ofat qurboni bo‘lgan.

Hammasi bo‘lib 1000 dan ortiq uy vayron bo‘lgan, 300 dan ortiq chorva mollari nobud bo‘lgan.

G‘or viloyatida 17 maydan beri davom etayotgan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘lgani, o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.

O‘tgan hafta mamlakatda sodir bo‘lgan kuchli suv toshqinlari Bag‘lon, Badaxshon va Taxar viloyatlarida kuzatilgan.

Avvalroq BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi hisobotida Afg‘onistonning Bag‘lon viloyatida sodir bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida kamida 300 kishi halok bo‘lgani aytilgandi.

Afg‘onistonda ko‘p yog‘ingarchilik tufayli yuzaga kelgan toshqinlar har yili minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘ladi.

Kiritildi: 01:24 19.05.2024. O'qildi: 1495 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!