Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Afg‘onistondagi masjidda portlash: 40 ga yaqin odam halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi masjidda portlash: 40 ga yaqin odam halok bo‘ldi

Afg‘onistonning Kobul shahridagi Xayrxon hududidagi masjidda sodir bo‘lgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 35 kishiga yetdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, qurbon bo‘lganlar orasida masjid imomi ham bor.

Shifokorlarga ko‘ra, 27 nafar yarador Kobuldagi tez tibbiy yordam shifoxonasiga olib kelingan. Hodisa shom namozi vaqtida yuz bergan. Guvohlarning aytishicha, kuchli portlash zarbidan yaqin oradagi binolarning derazalari singan. Voqea joyiga tez yordam mashinalari yetib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kobuldagi stadionda portlash sodir bo‘lgan edi. Hodisa Afg‘oniston poytaxtida o‘tkazilgan kriket musobaqasi vaqtida ro‘y bergan.

Kiritildi: 20:43 18.08.2022. O'qildi: 2082 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!