Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Afg‘onistondagi Bagram aviabazasi Xitoyga topshiriladimi?

Afg‘onistondagi Bagram aviabazasi Xitoyga topshiriladimi?

«Tolibon» harakati Qatar siyosiy idorasining rasmiy vakili Muhammad Suhayl Shohin AQShning Afg‘onistondagi sobiq harbiy -havo kuchlari Bagram bazasini Xitoyga o‘tkazish ehtimoli haqidagi OAVdagi xabarlarni rad etdi. «Bu yolg‘on», dedi u bugun, 8 sentyabrda jurnalistlarga.

Avvalroq, Hindistonning «Pioner» gazetasi manbalarga tayanib, «Tolibon» Afg‘onistonning Bagram aviabazasini Xitoyga o‘tkazishi va Pokistonga Qandahordagi aerodromdan operasion maqsadlarda foydalanishiga ruxsat berishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Manbalarning xabar berishicha, hozirda Pokiston Harbiy havo kuchlari rasmiylari Afg‘onistondagi beshta havo bazasini, shu jumladan Qandahor, Bagram va Kobuldagi aerodromlarni tekshirmoqda va Xitoy delegasiyasi “Tolibon”ning yuqori rahbariyati bilan xavfsizlik bilan bog‘liq masalalarni, shu jumladan, Bagramdagi bazaning ehtimoliy foydalanish masalalarini muhokama qilgan..

Xitoy Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Van Venbin bu ma’lumotni rad etdi.

Bugun Nyu-Dehlida xavfsizlik masalalari bo‘yicha Rossiya-Hindiston maslahatlashuvlari boshlangan. Uning asosiy mavzularidan biri – Afg‘onistondagi vaziyat. Ularga Rossiya Federasiyasi Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev va Hindiston Bosh vazirining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Ajit Doval raislik qiladi. Bu muzokaralar 24 avgust kuni Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi telefon muloqotining davomi bo‘lib, rahbarlar tegishli rasmiylarga Afg‘oniston masalalari bo‘yicha aloqada bo‘lishni buyurgan.

Kiritildi: 15:25 08.09.2021. O'qildi: 2462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!