Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Afg‘onistonda Qo‘shtepa kanali qurilishi yakunlanish arafasida

Afg‘onistonda Qo‘shtepa kanali qurilishi yakunlanish arafasida

Afg‘oniston Milliy taraqqiyot korporasiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ikkinchi bosqichdagi yer qazish ishlari 98 %, qirg‘oqlarni mustahkamlash ishlari esa 90,5 % bajarilgan.

Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy loyiha yakuniy bosqichga yetganini va yaqin vaqt ichida ishga tushishi kutilayotganini bildirdi.


Kanalning asosiy maqsadi — Amudaryo suvidan foydalanib, Afg‘oniston shimolidagi 500 ming gektardan ortiq quruq va o‘zlashtirilmagan yerlarni sug‘orish.
Qo‘shtepa kanalining uzunligi 281 kilometr, kengligi 100 metr, chuqurligi esa 8 metrni tashkil etadi.

Loyihaning yakunlanishi O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari uchun ham muhim. Chunki kanalning to‘liq quvvatda ishlashi Amudaryo suv oqimi va transchegaraviy suv taqsimotiga ta’sir qilishi mumkin.

Kiritildi: 18:03 18.08.2026. O'qildi: 5502 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!