Bugun 6 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Afg‘onistonda pasport boshqarmasi yangi qoidalarni joriy qildi

Afg‘onistonda pasport boshqarmasi yangi qoidalarni joriy qildi

Afg‘onistonda pasport ololmaydigan shaxslar ro‘yxati kengaytirildi. Bu haqda Khaama Press xabar berdi.

Nashrning yozishicha, pasport boshqarmasi yangi qoidalarni joriy qilgan. Unga ko‘ra, mahkumlarga, vasiylarsiz bolalarga, shuningdek, to‘lanmagan qarzlari yoki boshqa majburiyatlari mavjud shaxslarga xorijga chiqish va pasport olish taqiqlanadi.

“Biometrik tizimlar va ma’lumotlar bazalari orqali xorijga chiqishi taqiqlangan shaxslar sifatida belgilanganlarga pasport berish avtomatik tarzda rad etiladi”, — deyiladi xabarda.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, ilgari barcha fuqarolar pasport olish huquqiga ega bo‘lgan, cheklovlar esa faqat ayrim jinoyat ishlari doirasida qo‘llanilgan.

Ma’lumot uchun, Afg‘onistonda shaxsni tasdiqlovchi milliy hujjat “tazkira” deb nomlanadi va undan aholining aksariyati foydalanadi. Pasport esa chet elga chiqish uchun talab qilinadi.

Kiritildi: 23:00 25.08.2025. O'qildi: 1102 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!