Afg‘onistonda Germaniyadan kelgan harbiylarga spirtli ichimliklar ichish taqiqlangandan keyin katta miqdordagi nemis pivosi yig‘ilib qoldi. Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, Mozori Sharif shahridagi Marmal lagerida 22,6 ming litr ortiqcha spirtli ichimliklar, shu jumladan deyarli 60 ming quti pivo to‘plangan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, buyruqdan oldin askarlar kuniga ikki quti pivo ichish huquqiga ega edilar. Taqiqlovdan keyin harbiylar muammoga duch kelishdi: ortiqcha ichimlikni qayerga qo‘yishni bilmay qolishdi.
Germaniya Mudofaa vazirligi xodimi Kristina Rusining so‘zlariga ko‘ra, spirtli ichimliklar mahalliy miqyosda diniy cheklovlar tufayli sotilishi yoki ekologik sabablarga ko‘ra yo‘q qilinishi mumkin emas.