Prezident farmoniga muvofiq, endilikda Afg‘oniston urushida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va bevalariga kommunal to‘lovlarning bir qismi qoplab beriladi.
Yangi tartibga ko‘ra, ushbu toifadagi fuqarolar davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi va ularning kommunal xarajatlari bo‘yicha yengilliklar yaratiladi.
Mazkur qaror Afg‘oniston urushi qurbonlari oilalarini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.