Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Afg‘oniston Islom Amirligi matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

A A A
Afg‘oniston Islom Amirligi matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni munosabati bilan Afg‘oniston Islom Amirligi matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid nomidan tabriknoma keldi.
Tabrikda shunday deyiladi:

«Biz qo‘shni do‘st O‘zbekiston Hukumati va xalqini Mustaqillikning 30 yilligi bilan tabriklaymiz va bizning eng samimiy tilaklarimizni bildiramiz.

Biz Qodir Ollohdan O‘zbekiston xalqi va hukumatining yuksak qadr-qimmati va g‘ururini asrashini tilab qolamiz.

O‘zbekiston va Afg‘oniston xalqlarini nafaqat yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, balki umumiy diniy, madaniy va ma’naviy qadriyatlar birlashtiradi va bu mushtaraklik mamlakatlarimiz xalqlarini yanada bir-biriga yaqinlashtiradi.

Biz O‘zbekiston bilan tinchlik va barqarorlikda, do‘stlik hamda yaxshi qo‘shnichilik ruhida doimiy hamkorlikni amalga oshirishga umid bog‘lab qolamiz”.

Zabihulloh Mujohid,
Afg‘oniston Islom Amirligi
Matbuot kotibi
01.09.2021

Kiritildi: 16:03 02.09.2021. O'qildi: 6555 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!