Manbalarga ko‘ra, Zebak tumaniga qo‘shimcha kuchlar va yuqori lavozimli qo‘mondonlar yuborilgan. Shuningdek, Yaftal va boshqa hududlarda yangi nazorat-o‘tkazish punktlari tashkil etilgan, tungi patrullar hamda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.
Bu qaror Afg‘oniston Milliy qarshilik frontining (FNQF) so‘nggi hujumlaridan keyin qabul qilingan. Muxolifat Zebakning tog‘li hududlarida toliblar pozisiyalarini egallaganini va ularga qarshi bir qator hujumlar uyushtirganini ma’lum qilgan. Shuningdek, Badaxshonda toliblarning axborot va madaniyat boshqarmasi rahbari Zabihullo Amiriyning o‘ldirilishi ham vaziyatni yanada keskinlashtirgan.