Ayni paytda o‘zini Xudo deb ta’kidlagan afg‘onistonlik qochoq Landcxuta (Bavariya) sudining qarori bilan ruhiy shifoxonada davolanmoqda.
Bu chora-tadbirlar yigirma ikki yoshli erkakning kutilmagan xatti-harakatlari tufayli amalga oshirilgan: bir yil muqaddam u ikki yosh yigitga pul berishdan bosh tortganlari uchun qo‘lida qaychi bilan tahdid qilgan, keyin esa ularga tosh ham otgan.
Polisiya chaqiriqqa kelganida “qahramon” qarshilik ko‘rsata boshlagan. Sudda esa o‘zini butunlay boshqacha tutgan va bu bilan barchani hayratda qoldirgan. Qochoqning ta’kidlashicha, u tug‘ilganidan boshlab ilohiy kuchga ega bo‘lgan. Sud jarayonida bo‘lsa o‘zini Xudo deb atagan. O‘zga sayyoraliklar bilan gaplashib turishini ham ta’kidlab o‘tgan. Bundan tashqari, agar uni ozod qilishmasa, kuchli sovuqni yuzaga keltirishini ham aytgan.
Manba: planetanovosti.com