Ukraina prezidentining ta’kidlashicha, haqiqiy va adolatli tinchlik faqat mamlakatning barcha hududlari ustidan suverenitet to‘liq tiklangandagina amalga oshadi.
"Ba’zi hududlar diplomatik yo‘l bilan qaytarilishi mumkin. Urush maydonida qaytarib bo‘lmaydigan hududlar bor, ularni diplomatik muzokaralar orqali qaytarishga erishish kerak. Ukraina bosib olingan hududlarni hech qachon Rossiyaniki deb tan olmaydi", — dedi Ukraina prezidenti.
Volodimir Zelenskiy, shuningdek, Ukraina armiyasining soni kamaytirilishiga yo‘l qo‘yilmasligini, balki yanada kuchaytirilishini ma’lum qildi.
Zelenskiyning aytishicha, Ukraina urush boshlangan vaqtdagiga qaraganda uch barobar katta armiyaga ega va hozirda qurolli kuchlar modernizasiya qilinmoqda.
"Yaqin haftalar yoki oylar ichida o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishga erishish mumkin Bu jarayon Rossiyaga bosim o‘tkazishga bog‘liq bo‘ladi", — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.