Bugun 10 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Adhamjon Ergashev — Islom birdamlik o‘yinlarida to‘liq medallar to‘plamini qo‘lga kiritdi!

Adhamjon Ergashev — Islom birdamlik o‘yinlarida to‘liq medallar to‘plamini qo‘lga kiritdi!

Iste’dodli og‘ir atletikachimiz Adhamjon Ergashev VI Islom Birdamlik o‘yinlarida birdaniga 3 ta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

U dast ko‘tarishda 134 kg natija bilan bronza, siltab ko‘tarishda 170 kg natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ikki kurash yakuniga ko‘ra esa jami 304 kg og‘irlikni zabt etib, kumush medal sohibiga aylandi.

Natijada sportchimiz VI Islom birdamlik o‘yinlarida oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishga erishdi!

Kiritildi: 18:04 09.11.2025. O'qildi: 385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!