Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti soh​​​​​​​ibasi ma’lum bo‘ldi

A A A
Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti soh​​​​​​​ibasi ma’lum bo‘ldi

2020 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti amerikalik shoira Luiza Glyukka berildi.

Glyuk 1943 yilda Nyu-Yorkda tug‘ilgan. U Amerika san’at va adabiyot akademiyasining a’zosi, o‘z ishlari uchun AQShda bir necha bor yuqori mukofotlarga sazovor bo‘lgan – Amerika shoirlar akademiyasi mukofoti (1968 yil), Milliy tanqidchilar jamiyati kitob mukofoti (1985 yil), Puliser mukofoti (1993 yil), Bollingen mukofoti (2001 yil). 2003-2004 yillarda u AQShning shoira laureati bo‘lgan.

U Kolumbiya universitetiga o‘qishga kirgan, ammo ta’lim jarayonini tamomlamagan. Keyinchalik Glyuk Uilyamstaundagi (Massachusets shtati) Uilyams kolleji, Yel, Boston va Ayova universitetlarida, Vermontdagi Goddard kollejida ingliz tilidan dars berdi, u Yel universitetining professori hisoblanadi. 

2020 yilda Nobel mukofotining miqdori o‘tgan yilga nisbatan 1 million shved kronasiga ko‘paytirilib, 10 millionga yetkazildi (1,12 million dollar). 2019 yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotlari 2018 va 2019 yillar uchun berilishi e’lon qilindi (2018 yilda Nobel adabiyot qo‘mitasi jinsiy mojaro fonida tarqatib yuborilganligi sababli mukofot berilmagan). 2018 yilgi Nobel mukofoti polshalik yozuvchi va shoira Olga Tokarchukka, 2019 yilgi mukofot esa avstriyalik yozuvchi va dramaturg Peter Xandkega topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, 9 oktyabr kuni Nobel tinchlik mukofoti sovrindori e’lon qilinadi. Va nihoyat, 12 oktyabrda Shvesiya Banki Alfred Nobel nomidagi iqtisodiy fanlar sohasida mukofot laureatini ochiqlaydi (u norasmiy ravishda iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti deb ataladi, ammo uni Nobelning o‘zi emas, balki Shvesiya Banki 1969 yilda ta’sis etgan).

1901 yildan 2019 yilgacha adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti 112 marta topshirilgan. Yetti marta Nobel qo‘mitasi va Shvesiya akademiyasi mukofotga munosib nomzodlar yo‘q degan qarorga kelgan. Ushbu holatlarning aksariyati Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari vaqtiga (1914, 1918, 1940-1943 yillar) to‘g‘ri keladi, faqat 1935 yil istisnoga aylandi.

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti juda kamdan-kam hollarda bir necha laureatlar orasida taqsimlanadi, mukofot tarixida bu to‘rt marta kuzatilgan. 1904 yilda ushbu mukofot fransuz shoiri Frederik Mistral va ispan dramaturgi Xose Echegeray Eysagirrega topshirildi. 1917 yilda daniyalik Henrik Pontoppidan va Karl Gellerup uni qabul qilib olgan, 1966 yilda isroillik Shmuel Agnon va Germaniyadan Shvesiyaga ko‘chib o‘tgan Nelli Zaks, 1974 yilda shvedlar Harri Martinson va Eyvind Yunson mukofotni qo‘lga kiritgan.

2020 yilgacha 113 kishi, shu jumladan, 15 nafar ayol adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini oldi (Tokarchuk bu mukofotning oxirgi egasi bo‘ldi). Hech kim bir martadan ko‘p laureat bo‘la olmagan. 

Eng ko‘p marta mukofotni Fransiyadan yozuvchilar olgan, ammo laureatlarning aksariyati (113 nafardan 29 nafari) o‘z asarlarini ingliz tilida yozgan. Bundan tashqari, Nobel mukofoti sovrindorlari asarlari yozilgan o‘nta til orasida fransuz (15), nemis (14), ispan (11), shved (7), italyan (6), rus (6) polyak (5) va boshqa tillar bor. 

Kiritildi: 18:08 08.10.2020. O'qildi: 4109 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!