Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Achinarli holat! 33 nafar o‘quvchi homilador bo‘ldi. Ulardan 9 nafari 16 yoshga ham to‘lmagan

Achinarli holat! 33 nafar o‘quvchi homilador bo‘ldi. Ulardan 9 nafari 16 yoshga ham to‘lmagan

Shimoliy-Qozog‘iston viloyatida 33 nafar o‘quvchi homilador bo‘ldi. Ulardan 9 nafari 16 yoshga ham to‘lmagan. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.

Buturdagi ma’lumotlar darhol tibbiy muassasalardan polisiya bo‘limiga yuboriladi. U yerda qizlarning sheriklarini javobgarlikka tortish masalasi hal qilinadi.

Voyaga yetmaganlar bilan ishlash guruhining o‘ta muhim topshiriqlar bo‘yicha katta inspektori Sairan Sarkenovning so‘zlariga ko‘ra, bu yil ro‘yxatga olingan balog‘atga yetmaganlarning homilador bo‘lishining barcha holatlarida ular sheriklari jinoiy javorgarlikka tortilmagan, chunki ular homilador qizlarga tezda uylanishgan.

Polisiya xodimining so‘zlariga ko‘ra, viloyat maktablarida jinsiy tarbiya bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlar olib borilmoqda, ota-onalari bilan ishlar tashkil etilgan, ammo bunday holatlardan qochib bo‘lmayapti.

Biroq o‘tgan yilga nisbatan qizlarning erta homiladorligi bilan bog‘liq vaziyat biroz yaxshilandi. O‘tgan yilning shu davrida 16 yoshgacha bo‘lgan qizlarning homiladorlik holati 14 ta, voyaga yetmaganlarning 39 ta homiladorligi qayd etilgan.

Kiritildi: 06:15 11.09.2019. O'qildi: 10487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!