Ayni vaqtda «Abu Valid» laqabi bilan internetga video tasvirlar joylab borayotgan Nuriddinov Xudoyor Baxtiyor o‘g‘liga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan. Bu haqda IIV xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rishton tumanida tug‘ilgan Nuriddinov Xudoyor Baxtiyor o‘g‘li Rossiya hududiga ishlashga borib, u yerda xalqaro terroristik tashkilotlar g‘oyalari ta’siriga tushib, Suriyaning Idlib shahriga borgan.
Uning targ‘ibot materiallari oqibatida Suriyadagi janglarda bir qator yurtdoshlarimiz halok bo‘lgan.
«Ogoh bo‘ling! Ushbu shaxs ishtirokidagi video tasvirlarni saqlash, olib yurish va tarqatish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi», deyiladi IIV xabarida.