Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

«Abu Saxiy»dagi avtoturargohda avtomobil yonib ketdi

A A A
«Abu Saxiy»dagi avtoturargohda avtomobil yonib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Abu Saxiy» savdo markazidagi ko‘pqavatli avtoturargohda avtomobil yonib ketgani aytilmoqda.

Holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, hodisa bugun, 27 oktyabr kuni soat taxminan 6:52 larda «TASHKENT TRADE CENTER» (ABU SAXIY) savdo markazi hududida joylashgan ko‘p qavatli avtoturargohning 5-qavatida sodir bo‘lgan.

Yong‘in yuzaga kelishiga avtoulovining dvigatel qismida texnik nosozlik oqibatida qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Natijada, avtoulov kapot ostidagi elektr simlarida yong‘in kelib chiqqan.

«Mazkur holat korxona Yong‘in xavfsizligini ta’minlash xodimlari tomonidan soat 7:10 larda bartaraf etildi. Yong‘in oqibatida hech kimga tan jaroxati yetmagan, shuningdek, bino va atrofdagi boshqa avtoulovlarga ham zarar yetkazilmagan», deyiladi «Abu Saxiy» savdo markazi matbuot xizmati xabarida.

Kiritildi: 11:28 27.10.2022. O'qildi: 2209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!