Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Abu-Dabiga kiritilmagan o‘zbekistonliklarning bir qismi Toshkentga qaytdi

A A A
Abu-Dabiga kiritilmagan o‘zbekistonliklarning bir qismi Toshkentga qaytdi

O‘zbekiston fuqarolari noma’lum sabablarga ko‘ra BAAning Abu-Dabi shahriga kiritilmayotgani haqida xabar berilgan edi. Ularning bir qismi Toshkentga qaytib keldi. Bu haqda Air Arabia aviakompaniyasining ertalabki reysida kelgan yo‘lovchilardan biri “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi.

30 noyabr kuni Abu Dabi shahridagi Shayx Zoid nomidagi xalqaro aeroportga Toshkent—Abu-Dabi yo‘nalishi bo‘yicha Wizz Air aviaqatnovi orqali uchib kelgan 31 nafar O‘zbekiston fuqarosi noma’lum sabablarga ko‘ra amirliklar hududiga kiritilmagandi. Ular aeroportdan chiqarilmagan va bir sutkadan ortiq qolib ketgan.

O‘zbekistonning BAAdagi elchixonasi vaziyat nazoratda ekanini ma’lum qildi, biroq yo‘lovchilar diplomatik missiya vakillarini ko‘rmaganini va ularga hech qanday yordam ko‘rsatilmaganini aytgan. Toshkentga qaytganlarning barchasi chiptalarni o‘z hisobidan sotib olgan.

“Qo‘lga olishlar aynan Abu-Dabida sodir bo‘lmoqda. Biz bilan birga yoki keyinroq Dubayga uchib kelgan tanishlarimiz hech qanday muammoga duch kelmadi”, degan Toshkentga qaytib kelgan yo‘lovchilardan biri.

Wizz Air vakili Muhammadyusuf Muhammadusmonovning bildirishicha, kiritilmagan fuqarolarning barchasiga qaytish chiptasi qilinib, O‘zbekistonga olib kelinyapti.

Kiritildi: 09:53 02.12.2024. O'qildi: 1548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!