2020 yil 24 iyun 18:00 holatiga ko‘ra, 2020-2021-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 138 331 nafarga etdi.
Ularning 59 foizi, ya’ni 82 284 nafari bu yilgi bitiruvchilar hisoblanadi.
Ta’lim shakli bo‘yicha:
- - Kunduzgi ta’lim shakli – 95 044 nafar;
- - Sirtqi ta’lim shakli – 41 240 nafar;
- - Kechki ta’lim shakli – 2 047 nafar.
Tillar kesimida:
- - O‘zbek tili – 119 706 nafar;
- - Rus tili – 15 778 nafar;
- - Qoraqalpoq tili – 2 390 nafar;
- Boshqa tillar – 457 nafar.
Hozirgacha abituriyent tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan oliygohlar quyidagilar:
- - Andijon davlat universiteti – 9 456 nafar;
- - Samarqand davlat universiteti – 8 578 nafar;
- - Namangan davlat universiteti – 5 878 nafar;
- - Toshkent davlat pedagogika universiteti - 5 806 nafar;
- - Termiz davlat universiteti – 5 762 nafar.