Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Abdurayim Abduvahobovning o‘limiga nima sabab bo‘lgani oydinlashdi

Abdurayim Abduvahobovning o‘limiga nima sabab bo‘lgani oydinlashdi

Bugun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli aktyor Abdurayim Abduvahobov olamdan o‘tdi. Ma’lumotlarga qaraganda, marhumning o‘limiga qandli diabet kasalligi sabab bo‘lgan.

Bugun Abduvahobovga tegishli ekanligi aytilgan audio xabar tarmoqlarda tarqatildi. Unda aktyor yaqinlaridan, hamkasblaridan va shogirdlaridan rozilik so‘ragan, kimnidir xafa qilgan bo‘lsam uzr degan. Ovozdagi horg‘inlikdan ushbu audio o‘limidan biroz oldin yozib olinganini sezish mumkin.

Eslatish o‘rinli, 1963 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan aktyor shu kungacha 28 ta kino loyihasida ishtirok etgan. Uzoq yillardan beri O‘zbek akademik va drama teatrida ishlab kelayotgan edi.

Har qanday o‘lim bizni tafakkur qilishga, o‘zimizni o‘nglashga chorlaydi. Fursat g‘animat.

Jamoamiz nomidan Abdurayim Abduvahobovning oila a’zolariga ta’ziya izhor qilamiz. Alloh rahmatiga olsin.

Kiritildi: 16:06 14.07.2020. O'qildi: 37725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!