Bugun 23 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Abduqodir Husanov zaxirada qoldirilgan o‘yinda «Manchester Siti» «Nyukasl Yunayted»ga yutqazdi (VIDEO)

Abduqodir Husanov zaxirada qoldirilgan o‘yinda «Manchester Siti» «Nyukasl Yunayted»ga yutqazdi (VIDEO)

Angliya Premyer-ligasining 12-turida «Nyukasl Yunayted» va «Manchester Siti» jamoalari to‘qnash kelishdi. Mazkur bahsda «qarg‘alar» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

63-daqiqada Xarvi Barns mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 68-daqiqada Ruben Diash hisobni tenglashtirdi. 70-daqiqada esa Barns dubl qayd etdi.

Abduqodir Husanov kechagi bahsda zaxirada qoldi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Nyukasl Yunayted» 15 ochko bilan Angliya chempionatining yuqori divizioni turnir jadvalida 14-o‘ringa ko‘tarildi. «Manchester Siti» esa 22 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.

Keyingi turda «Nyuskal» 29 noyabr kuni mehmonda «Everton»ga qarshi maydonga tushadi. «Shaharliklar» esa shu kuni o‘z maydonida «Lids Yunayted»ni qabul qiladi.

Angliya — Premyer-liga. 12-tur
Nyukasl Yunayted — Manchester Siti — 2:1
Gollar: 1:0 — Barns, 63', 1:1 — Diash, 68', 2:1 — Barns, 70'

Kiritildi: Bugun 09:15. O'qildi: 194 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!