Bugun 10 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Abduqodir Husanov qaydnomaga kiritilmagan o‘yinda «Manchester Siti» «Liverpul»ni yirik hisobda mag‘lub etdi (VIDEO)

Abduqodir Husanov qaydnomaga kiritilmagan o‘yinda «Manchester Siti» «Liverpul»ni yirik hisobda mag‘lub etdi (VIDEO)

Xosep Gvardiola boshqaruvidagi "Manchester Siti" Angliya Premyer-ligasining 11-turida Arne Slotning "Liverpul" jamoasi bilan kuch sinashib, 3:0 hisobida zafar quchdi.

Ilk gol uchrashuvning 29-daqiqasida Erling Xoland tomonidan kiritildi. Norvegiyalik forvard o‘yinning ilk daqiqalarida penaltidan ham foydalana olmagan edi. Birinchi bo‘lim yakunlanayotgan paytda Niko Gonsalez farqni 2 taga yetkazib qo‘ydi. Shuningdek, ikkinchi bo‘limning 63-daqiqasida Doku super gol urib, jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi.

Ma’lumot o‘rnida, "shaharliklar" ushbu g‘alaba orqali ochkolar sonini 22 taga yetkazib olib, 2-o‘ringa ko‘tarildi va "Arsenal" bilan farqni 4 tagacha qisqartirdi. Mersisaydliklar esa 8-o‘ringacha tushib ketdi. Jamoa hisobida 18 ochko mavjud.

APL. 11-tur

9 noyabr, yakshanba, 21:30, «Etihad Stadium»

Manchester Siti - Liverpul - 3:0

Gollar: E. Xoland - 29 (1:0), N. Gonsales - 45 (2:0), Jeremi Doku - 63 (3:0).

Kiritildi: Bugun 04:24. O'qildi: 394 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!