O‘zbek futbolining yorqin voqeasi shubhasiz Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga o‘tishi bo‘ldi.
Futbolchimiz yangi jamoasida 45-raqam ostida to‘p tepishi aniq bo‘lib ulgurgan edi. U nima uchun bu raqamni tanlaganini klub mediasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Professional futbolni Belarusda 45-raqamda boshlaganman. Shuning uchun mazkur raqamni tanladim. Eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi jamoa, eng yaxshi chempionatga keldim",- deydi Husanov.