Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Abduqodir Husanov Londondagi elchixonamizda bo‘ldi

Abduqodir Husanov Londondagi elchixonamizda bo‘ldi

Kecha mamlakatimizning Buyuk Britaniyadagi, qarorgohi London shahrida joylashgan elchixonasiga “Manchester City” a’zosi Abduqodir Husanov tashrif buyurdi.

Favqulodda va muxtor elchimiz Ravshan Usmonov bilan kechgan samimiy suhbatda yosh futbolchimizning APL top klubidagi faoliyati, sport sohasida bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li, qiziqishlari va diyorimizda millionlar o‘yiniga qaratilayotgan alohida e’tibor xususida so‘z bordi.

– “Manchester City” klubi himoyachisi hamyurtimiz Abduqodir Husanovga doimiy muvaffaqiyat tilaymiz, – deb yozgan diplomatimiz ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Uchrashuv yakunida legionerimiz dastxati tushirilgan 45-raqamli futbolkasini elchixona ma’muriyatiga esdalik sifatida hadya qildi.

Kiritildi: 10:55 04.02.2025. O'qildi: 2525 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!