Bugun 10 fevral, 2025 yil, dushanba

КИР

Abduqodir Husanov — eng yaxshilardan biri!

Abduqodir Husanov — eng yaxshilardan biri!

Sal oldin "Manchester Siti"ning Angliya Kubogi doirasidagi "Leyton Oriyent"ga qarshi uchrashuvi yakuniga yetdi.

Unda "shaharliklar" mehmonda 2:1 hisobida zafar quchdi. Pep Gvardiola Abduqodir Husanovni o‘yinning 46-daqiqasida Vitor Reys o‘rniga maydonga tushirdi. Quvonarlisi, "Siti"ning birinchi goli aynan O‘zbekiston MTJ himoyachisi Abduqodir Husanov hisobiga yozildi – 56-daqiqada Riko Lyuisning zarbasidan keyin to‘p yo‘l-yo‘lakay Husanovga tegib, darvoza to‘ridan joy oldi. 79-daqiqaga kelib esa jamoa sardori Kevin De Bryuyne katta sahnaga chiqib, g‘alabani ta’minladi.

Shu tariqa Husanov APLda gol urgan ilk o‘zbekistonlik futbolchi sifatida tarixga kirdi va jamoa tarkibidagi ikkinchi o‘yinida ham g‘alabani tantana qildi. FlashScore portali uni Niko O'Rayli va Kevin De Bryuyne bilan bir qatorda e’tirof etib, 7,9 ball berdi. SofaScore portali esa himoyachiga 7,8 ball qo‘yib, "Manchester Siti"ning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb topdi.

Kiritildi: 20:09 08.02.2025. O'qildi: 1956 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!