Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Abduqodir Husanov dunyoning eng kuchli U-21 vunderkidlari top-10 taligidan joy oldi

Abduqodir Husanov dunyoning eng kuchli U-21 vunderkidlari top-10 taligidan joy oldi

FMInside nashri tomonidan tuzilgan 21 yoshgacha bo‘lgan eng kuchli vunderkidlar reytingida O‘zbekiston terma jamoasi va “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov 10-o‘ringa joylashtirildi.

Reytingda Husanovning umumiy reytingi 75, potensiali esa 87 deb baholangan. Shuningdek, uning transfer qiymati 63 million yevrodan 119 million yevrogacha deb ko‘rsatilgan.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Lamin Yamal egallagan bo‘lib, “Barselona” yulduzining potensiali 97 deb baholangan. Keyingi o‘rinlardan Joau Nevesh, Dezire Due, Kenan Yildiz va Gavi kabi yosh yulduzlar joy olgan.

Shu tariqa, Abduqodir Husanov dunyo futbolidagi eng kuchli 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida top-10likka kirdi va undan yuqorida faqat to‘qqiz nafar futbolchi qayd etildi.

Abduqodir Husanov dunyoning eng kuchli U-21 vunderkidlari top-10 taligidan joy oldi

Kiritildi: 23:39 29.04.2026. O'qildi: 237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!