Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Abduqodir Husanov Chempionlar Ligasi tarixiga kirdi

Abduqodir Husanov Chempionlar Ligasi tarixiga kirdi

"Manchester Siti" klubining o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov Chempionlar Ligasi tarixiga o‘z nomini yozdi. U pley-off bosqichida asosiy tarkibda maydonga tushgan 21 yoshdan kichik ikki futbolchidan biri bo‘ldi.

Husanov Ispaniya poytaxtida "Real Madrid"ga qarshi javob uchrashuvida ishtirok etdi. Uchrashuv maydon egalari foydasiga 3:1 hisobi bilan yakunlandi. Abduqodir o‘yinga tushgan paytda uning yoshi 20 yosh va 356 kun edi.

Ungacha bu natijaga 2014 yil mart oyida "Shalke-04" futbolchisi Kaan Ayxan erishgan edi. U musobaqaning shu bosqichida asosiy tarkibda maydonga tushganida 19 yosh va 128 kunlik edi.

Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi ilk o‘yin Angliyada bo‘lib o‘tgan va u ham ispanlar foydasiga 3:2 hisobi bilan yakunlangan edi. Shu tariqa, "Manchester Siti" Chempionlar Ligasidagi ishtirokini 1/16 final bosqichida yakunladi.

Kiritildi: 19:10 20.02.2025. O'qildi: 2841 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!