Transfermarkt portali mavsumning eng qimmatlashgan yosh himoyachilari ro‘yxatini e’lon qildi.
Demak, Transfermarkt portalining xabariga ko‘ra, "Manchester Siti" va O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov joriy mavsumda narxi eng ko‘p oshgan yosh himoyachilar orasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Futbolchining narxi joriy mavsumda 32,5 million yevroga oshdi.
U "Barselona"ning yosh iqtidorlari Pau Kubarsi va Alexandro Balde, shuningdek, "Arsenal"ning umidli futbolchisi Maylz Luis-Skelli kabi talantlarni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.
Joriy mavsumda narxi eng ko‘p oshgan yosh himoyachilar (top-10):
1. Pau Kubarsi ("Barselona") — 70 million yevro (+40 million);
2. Abduqodir Husanov ("Manchester Siti") — 35 mln yevro (+32,5 mln);
3. Din Hyoysen ("Bornmut") — 42 mln yevro (+32 mln);
4. Vitor Reys ("Manchester Siti") — 30 mln yevro (+30 mln);
5. Maylz Luis-Skelli ("Arsenal") — 28 mln yevro (+26 mln);
6. Pyetro Komusso ("Fiorentina") — 25 mln yevro (+24,3 mln);
7. Alexandro Balde ("Barselona") — 60 mln yevro (+20 mln);
8. Archi Grey ("Tottenxem") — 35 mln yevro (+17 mln);
9. Renatu Veyga ("Yuventus") — 18 mln yevro (+15 mln);
10. Milosh Kerkez ("Bornmut") — 35 mln yevro (+15 mln).