Madaniy meros ob’ekti hisoblangan Abdullaxon madrasasi devorining bir qismi qulab tushganligi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi.
"Madaniy meros ob’ekti hisoblangan Abdullaxon madrasasi devorining bir qismi qulab tushganligi holati viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish natijasida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 207-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda".