Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Abdulla Qodiriy metro bekatida yuz bergan nosozlik yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

A A A
Abdulla Qodiriy metro bekatida yuz bergan nosozlik yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Bugun, 23 fevral kuni Abdulla Qodiriy metro bekatida 65-sonli harakat tarkibi soat 13:55 da texnik nosozlik aniqlangani sababli ushbu bekatda yo‘lovchilarni tushirgan. Holat yuzasidan «Toshkent metropoliteni» DUK ma’lumot berdi.

Xabarga ko‘ra, voqea yuz bergandan so‘ng Yunus Rajabiy bekatida harakatlanayotgan 62-sonli poyezd ham yo‘lovchilarni bekatda qoldirib, 65-marshrutni depo tomon harakatlantirgan.

Shuningdek, soat 14:10 dan boshlab poyezdlar qatnovi doimiy grafik asosida o‘z ish faoliyatini davom ettirmoqda.

Kiritildi: 21:17 23.02.2022. O'qildi: 2944 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik