Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi

Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi

Bugun, 29 mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi Ma Sinjuy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tobora yuqori sur’at bilan rivojlanayotgan O‘zbek-Xitoy aloqalarining bugungi darajaga ko‘tarilishida ikki Davlat Rahbarlari o‘rtasidagi ochiq muloqot, ishonchli va do‘stona munosabatlar asosiy omil bo‘lib xizmat qilayotgani qayd etildi.

Ta’kidlanganidek, Xitoy O‘zbekistonning ishonchli, vaqt sinovidan o‘tgan strategik hamkoridir. O‘zbekiston “yagona Xitoy siyosati”ni hamda “uch yovuz kuch” – terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi qat’iy kurashni doim qo‘llab-quvvatlaydi.

Xitoy O‘zbekistonning eng yirik savdo va investisiya hamkorlaridan biri hisoblanadi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi ilk bor qariyb 9 milliard dollarni tashkil etdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda Xitoy kapitali ishtirokida 2140 dan ziyod korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz savdo-iqtisodiy yo‘nalishda katta salohiyatga ega ekanini hisobga olib, yangi istiqbolli loyihalar va dasturlarni, jumladan hududlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi, ilm-fan, madaniyat va turizm sohalarida hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Muloqot yakunida Toshkent viloyati bilan Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.

Kiritildi: 22:32 29.03.2023. O'qildi: 2569 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!