O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 2020 yil 29 sentyabr kuni Dushanbe shahriga tashrif buyuradi. Bu haqda bosh vazir matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Aripov boshchiligidagi hukumat delegasiyasi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 7-yig‘ilishida ishtirok etadi.
Komissiya kun tartibida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi hamda madaniy-gumanitar sohalarida va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilish nazarda tutilmoqda.
Tashrif doirasida O‘zbekiston – Tojikiston ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida Biznes-forum va Ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan.