Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Abdulla Aripov Dmitriy Medvedevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Abdulla Aripov Dmitriy Medvedevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov rossiyalik hamkasbi Dmitriy Medvedovni tug‘ilgan kuni bilan qutladi. Bu haqda Rossiya hukumati matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedevni Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston bosh vazirlari Sergey Rumas, Bakitjan Sagintayev, Muhammadqaliy Abilgaziyev va Abdulla Aripov tabrikladi», — deyiladi xabarda.

Hukumat rahbarlarining muloqoti chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari tilga olindi. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va MDH doirasida rejalashtirilayotgan uchrashuvlar jadvali muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, Dmitriy Medvedev 14 sentyabr kuni 53 yoshga to‘ldi.

Sof.uz

Kiritildi: 11:21 15.09.2018. O'qildi: 1134 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!