O‘zbekiston chegaralari yopildi. Barcha kirish va chiqish aviaqatnovlar to‘xtatildi. Faqat temir yo‘lga 3 kunga ruxsat berildi, sababi uzoq yo‘lga ketgan poyezdlar qaytib kelishi kerak.
Barcha xalqora avtomobil yo‘llari ham yopiladi. Vaziyatni nazoratga olib turish maqsadida call sentr ishga tushiriladi. Barcha cheklovlar bugundan kuchga kiradi.
Toshkentdan viloyatlarga qaytadigan talabalarga temir yo‘llari va samolyotlarda 50 foiz chegirma beriladi va maxsus ulovlar ajratiladi.
Bu haqda Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir A.Aripov boshchiligida koronavirus mavzusiga bag‘ishlangan brifingda aytib o‘tildi.