Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Abdulla Aripov Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

Abdulla Aripov Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

Toshkent shahrida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdulg‘ani Barodar bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy, energetika, transport va boshqa sohalarda hamkorlikni izchil rivojlantirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashilgan.

“Tolibon” muvaqqat hukumati rasmiy sahifasida xabar berilishicha, Mulla Abdulg‘ani Barodar O‘zbekistonga nisbatan Afg‘oniston tomonidan hech qanday tahdid qilinmasligini bildirgan.

Barodar qo‘shni davlatlar, mintaqa va butun dunyoga Afg‘oniston hududi hech bir davlatga qarshi ishlatilmasligi hamda mamlakat hech qanday tahdid tug‘dirmasligiga va’da berdi.

Kiritildi: 17:46 23.02.2025. O'qildi: 1372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!