Abdulaziz Komilov Italiyaning nufuzli ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda "Dunyo" agentligi xabar berdi.
Prezidentning tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili, Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Abdulaziz Komilov "Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun" ordenining "Ofiser" darajasi bilan taqdirlandi.
Mazkur orden Italiyadagi eng yuqori davlat mukofoti bo‘lib, 1951 yil 3 mart kuni ta’sis etilgan.
U adabiyot, san’at, iqtisodiyot, xayriya va gumanitar faoliyat sohalaridagi katta xizmatlar uchun beriladi.