Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi Afg‘onistonga bordi

Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi Afg‘onistonga bordi

Bugun, 22 mart kuni O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya Afg‘onistonga tashrif buyurdi.

Bu haqda Afg‘oniston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ularning ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar iqtisodiyot va siyosat sohasidagi masalalarni muhokama qilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston va Afg‘oniston vakillari chegaralarni qo‘riqlash, xavfsizlik va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashgan. Uchrashuvda o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston tomoniga siyosat, iqtisodiyot, xavfsizlik va boshqa sohalarda yordam berishga tayyorligini bildirgani aytiladi.

Delegasiya tarkibida O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev ham bor.

Kiritildi: 21:48 22.03.2023. O'qildi: 1324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!