Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Abbosbek Fayzullayev va SSKA Rossiya Superkubogi sohibiga aylandi

Abbosbek Fayzullayev va SSKA Rossiya Superkubogi sohibiga aylandi

SSKA Rossiya Superkubogida "Krasnodar"ni mag‘lub etdi - 1:0.

Yagona gol 48-daqiqada burchak zarbasidan so‘ng "harbiylar" himoyachisi Igor Diveev tomonidan kiritildi.

Moskvaliklar safida hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayev 79-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Bellashuv Marko Nikolich o‘rniga tayinlangan yangi bosh murabbiy Fabio Chelestini boshchiligidagi SSKA uchun birinchi o‘yin bo‘ldi.

SSKA tarixda sakkizinchi marta Rossiya Superkubogini qo‘lga kiritdi. "Qizil-ko‘klar" g‘alabalar soni bo‘yicha turnir rekordchisi "Zenit"ga (9) yaqinlashdi.

"Krasnodar" ketma-ket ikkinchi mavsumda mamlakat Superkubogida mag‘lub bo‘ldi.

Kiritildi: 22:24 12.07.2025. O'qildi: 748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!