Hujumkor yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayev Moskvaning SSKA klubidan "Istanbul Bashakshehir"ga o‘tmoqda.
"Insayd ot Karpa" telegram-kanali xabariga ko‘ra, 21 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi 3 mavsumga mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi. Unda yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ko‘rsatiladi. Ayni paytda Fayzullayev bitimning yakuniy yopilishini kutish uchun Istanbulda bo‘lib turibdi.
Avvalroq, Fayzullayev "Istanbul Bashakshehir" uchun tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgani haqida xabar bergan edik.