Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Abbosbek Fayzullayev APL klubi “short-listi”dan joy oldi

Abbosbek Fayzullayev APL klubi “short-listi”dan joy oldi

O‘zbekiston terma jamoasi va Moskvaning “SSKA” klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev faoliyatini Angliya Premyer Ligasida davom ettirishi mumkin. Telegramdagi Spartak Inform nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchi “Vulverhempton”ning yozgi transfer oynasida xarid qilmoqchi bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatidan joy olgan.

OAVda tarqalgan fotoda klub yozgi transfer oynasida tarkibini kuchaytirish uchun bir nechta nomzod futbolchilarning ismi tuzib chiqqan. Ular orasida Abbosbek Fayzullayev ham bor. Hamyurtimiz hujum ortida pozisiyasiga mo‘ljallanmoqda.

Shuningdek, ushbu ro‘yxatda Rossiya chempionatida to‘p surayotgan bir qancha futbolchilarning ismi ham qayd etilgan. Xususan, Moskvaning “Spartak” jamoasida harakat qilayotgan kosta-rikalik hujumchi Manfred Ugalde, “Dinamo” (Maxachqala) futbolchisi — eronlik hujumkor yarim himoyachi Muhammad Javod Husaynnajod hamda “Zenit” (Sankt-Peterburg) futbolchisi Renanning nomlari ro‘yxatda bor.

Ma’lumot uchun, Abbos Fayzullayev 2024/25 yilgi mavsum Rossiya Premyer Ligasi doirasida 27 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

“SSKA” Rossiya chempionatini 3-o‘rinda yakunladi. “Armiyachilar” 1 iyun, yakshanba kuni Rossiya Kubogi superfinalida “Rostov”ga qarshi o‘ynadi va penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, bosh sovringa ega chiqdi.

Kiritildi: 23:31 16.06.2025. O'qildi: 3050 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!