Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Abbosbek Fayzullayev Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga transferiga munosabat bildirdi

Abbosbek Fayzullayev Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga transferiga munosabat bildirdi

SSKA va O‘zbekiston terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev yana bir hamyurtimiz, himoyachi Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga o‘tishi haqida fikr bildirdi.

"Biz Husanov bilan uning "Manchester Siti"ga o‘tishidan oldin gaplashganmiz. Bu transfer butun O‘zbekiston futboli, butun xalqimiz uchun katta voqea bo‘ldi. Dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri bo‘lgan "Man Siti"da o‘ynash juda katta ish. Biz hammamiz Abduqodir bilan faxrlanamiz. U "Siti" safida gol urgan o‘yinni tomosha qildim. Butun O‘zbekiston uning uchun qayg‘urmoqda va endi "Manchester Siti"ning muxlislari aniq ko‘paydi (kuladi)," - dedi Fayzullayev.

Kiritildi: 17:38 13.02.2025. O'qildi: 1978 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!