Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

A Seriyasi Rim Papasining vafoti tufayli qoldirilgan o‘yinlarning yangi sanasini e’lon qildi

A Seriyasi Rim Papasining vafoti tufayli qoldirilgan o‘yinlarning yangi sanasini e’lon qildi

A Seriyasi Rim Papasi Fransiskning vafoti tufayli qoldirilgan milliy chempionatning 33-turidan o‘rin olgan o‘yinlarning yangi sanasiga aniqlik kiritdi.

Liga matbuot xizmati xabar berishicha, bugunga rejalashtirilgan o‘yinlar 23 aprel, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Bu kuni to‘rtta o‘yin bo‘lib o‘tadi: «Kalyari» – «Fiorentina», «Jenoa» – «Lasio», «Parma» – «Yuventus» va «Torino» – «Udineze». Barcha o‘yinlar Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.

Qayd etamiz, 23 aprel kuni Italiya kubogi yarim finalining javob o‘yini «Inter» – «Milan» ham bo‘lib o‘tadi, u Toshkent vaqti bilan soat 00:00ga rejalashtirilgan. Milan jamoalarining birinchi uchrashuvi 1:1 hisobida yakunlangan edi.

Kiritildi: 05:00 22.04.2025. O'qildi: 640 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!