Italiya chempionatining 34-turidan o‘rin olgan "Roma" va "Inter" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Uchrashuv Milandagi "San-Siro (Juzeppe Meassa)" stadionida bo‘lib o‘tdi. O‘yin rimliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
22-daqiqada o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning uzatmasidan so‘ng vinger Matias Soule gol urdi. Bu gol bahsda yagonaligicha qoldi. Eldor esa 58-daqiqada zaxiraga olindi.
"Roma" mavsumda jamg‘argan ochkolarini 60taga yetkazdi va A Seriya jadvalida beshinchi o‘ringa ko‘tarildi. "Inter" esa 71 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. "Napoli" ham shuncha ochkoga ega bo‘lib, ular hisobida bitta zaxira o‘yini bor. Neapolliklar 34-tur doirasida o‘z maydonida "Torino"ni qabul qiladi.
Italiya — A Seriya. 34-tur
2025 yil 27 aprel, yakshanba. 16:00 MSK
"Inter" - "Roma" - 0:1
Gol: 0:1 Soule — 22'