Bugun 16 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

9 sentyabrdan yo‘lovchi poyezdlar tezligi oshiriladi

9 sentyabrdan yo‘lovchi poyezdlar tezligi oshiriladi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil 9 sentyabrdan yo‘lovchi poyezdlar tezligi oshirilib, ayrim yo‘nalishlarda bekatlarga kirib kelish vaqtlari qisqartiriladi.

Xususan:

  • 710-sonli “Toshkent Markaziy — Buxoro” – harakatlanish vaqti 20 daqiqaga;
  • 709-sonli “Buxoro — Toshkent Markaziy” – 70 daqiqaga;
  • 716-sonli “Toshkent Markaziy — Qarshi” – 3 daqiqaga;
  • 715-sonli “Qarshi — Toshkent Markaziy” – 44 daqiqaga;
  • 712-sonli “Toshkent Markaziy — Buxoro” – 10 daqiqaga;
  • 711-sonli “Buxoro — Toshkent Markaziy” – 20 daqiqaga;
  • 126/125-sonli “Xiva — Andijon” – 10 daqiqaga qisqardi.

Shuningdek, “Shovot — Toshkent Janubiy”, “Andijon — Toshkent Markaziy”, “Buxoro — Toshkent Markaziy”, “Toshkent Janubiy — Sirdaryo” va “Toshkent Janubiy — Xavast” yo‘nalishlarida ham harakat jadvallariga o‘zgarishlar kiritilgan.

Kiritildi: 17:17 13.08.2025. O'qildi: 430 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!